Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 68 marta o'qildi

Qonunchilikka ko‘ra, quyidagi toifadagi talabalar ustuvorlik asosida talabalar turar joylariga qabul qilinadi:

► "Mehribonlik uylari" tarbiyalanuvchilari, etim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalar;

► "Ijtimoiy himoya yagona reestri", "Temir daftar" va "Ayollar daftari"ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari hamda "Yoshlar daftari"da turadigan talabalar;

► I va II guruh nogironligi bo‘lgan talabalar;

► 1 oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida 2 yoki undan ortiq to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalar farzandlari;

► xalqaro fan olimpiadalari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar;

► "Yil talabasi" va "Talabalar teatr studiyalari" ko‘rik-tanlovlarining respublika bosqichi g‘olibi bo‘lgan talabalar;

► oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan "Zakovat" intellektual o‘yinining respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar;

► talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardori bo‘lgan talabalar.

Chat