Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 11384 marta o'qildi

  • Xorijiy avtotransport vositasini O‘zbekistonga olib kirishda bojxona posti xodimi tomonidan 1-son maxsus blank
  • «Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma» rasmiylashtiriladi, agar tirkamasi yoki yarim tirkamasi almashtiriladigan hollarda yuk tortgichiga 2-son maxsus blank
  • tirkamasiga yoki yarim tirkamasiga 3-son maxsus blank rasmiylashtiriladi.

Xorijiy avtotransport vositasi uchun blanka rasmiylashtirishda
  • fuqarolik pasporti;
  • avtotransport vositasini qayd etish guvohnomasi;
  • zarur bo‘lganda og‘zaki ma’lumotlar asos bo‘ladi.

  • Xorijiy avtotransport vositasini O‘zbekiston Respublikasi hududida bojxona bojlari va soliqlardan to‘liq ozod etilgan holda kalendarь yil mobaynida olib kirilgan sanadan e’tiboran 90 kalendarь kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga bo‘lishi mumkin.
  • Blanklar bojxona bojlari va soliqlardan to‘liq ozod etilgan muddatga rasmiylashtiriladi (xalqaro yuk va yo‘lovchi tashishda qo‘llaniladigan avtotransport vositasi bundan mustasno).
  • Blanklar ikki nusxada rasmiylashtirilib, bir nusxasi xorijiy avtotransport vositasining egasiga (haydovchisiga) beriladi. Xorijiy avtotransport vositasining egasi (haydovchisi) blankda aks ettirilgan ma’lumotlarni tekshirib chiqadi, to‘g‘riligini o‘z imzosi bilan majburiyatni olganligini tasdiqlaydi. Bojxona posti xodimi ham o‘z imzosi va shaxsiy muhrini qo‘yadi.
  • Xorijiy avtotransport egasi (haydovchisi) doimiy ravishda o‘zi bilan birga berilgan blank nusxasini olib yurishi shart. Shundan so‘ng xorijiy avtotransport nazoratga qo‘yiladi.
  • Xorijiy avtotransport vositasi olib chiqilishida blank nusxasiga bojxona posti xodimi o‘z imzosi va shaxsiy muhrini qo‘yish orqali blankni nazoratdan echadi.

"Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma" dublikatini olish

«Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma» yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelganda, dublikat olish uchun avtotransport vositasi egasi (haydovchisi) avtotransport vositasi joylashgan hududdagi davlat bojxona xizmati organiga murojaat qiladi.

Dublikat olish uchun quyidagilar taqdim etiladi
  • fuqarolik pasporti;
  • avtotransport vositasini qayd etish guvohnomasi;
  • zarur bo‘lganda og‘zaki ma’lumotlar asos bo‘ladi.

Tegishli tekshirishlar o‘tkazilganidan so‘ng, bir ish kuni mobaynida davlat bojxona xizmatining hududiy organlari tomonidan «Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma» dublikati beriladi. Dublikatning yuqori o‘ng burchagiga «Dublikat» deb yoziladi va davlat bojxona xizmatining hududiy organi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari imzosi hamda boshqarma muhri bilan tasdiqlanadi.

Chat