Shrift o‘lchami
Ko‘rinish
Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2025–2028-yillarga mo‘ljallangan dasturini amalga oshirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
- irrigatsiya tarmoqlarining 2 551 km qismini rekonstruktsiya qilish, ushbu maqsadlar uchun har yili Davlat byudjetidan kamida 1,3 trln so‘m ajratish va xalqaro moliya institutlari mablag‘laridan 300 mln AQSh dollarini o‘zlashtirish;
- suv ta’minoti darajasi past bo‘lgan sug‘oriladigan maydonlar hajmini 424 ming gektardan 276 ming gektargacha qisqartirish.
Qaror bilan Suv resurslarini oqilona boshqarish, ulardan samarali foydalanish va muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika suv kengashi tarkibi tasdiqlandi.
Bundan tashqari, Qarorga ko‘ra, 2025-yil yakuniga qadar belgilangan 15 ta nasos stantsiyasiga muqobil energiya manbalari (quyosh panellari) hamda energiya tejamkor qurilmalarni o‘rnatish loyihasi amalga oshiriladi.