Shrift o‘lchami
Ko‘rinish
Qarorga ko‘ra, O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan va aniq texnik parametrlar asosida shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha respublikaga olib kiriladigan polietilen granulalari uchun aktsiz solig‘i 2025-yil 1 sentyabrdan 2028-yil 1 yanvargacha nolь stavkada qo‘llanadi.
2028-yil 1 yanvargacha ayrim etilen polimerlarining birlamchi shakllari (TIF TN kodi 3901 10 900 0, 3901 30, 3901 40) va propilen polimerlarining birlamchi shakllarini (TIF TN kodi 3902 10 000 0) import qilishda bojxona bojining nolь stavkasi qo‘llanadi.
Shuningdek, mamlakatga sifatsiz kontrafakt egiluvchan qadoqlar importining oldini olish (eks-offitsio printsipi asosida) choralari ko‘riladi.