Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 50 marta o'qildi
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimi natijadorligini yanada oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–253-son, 18.08.2025-y.) qabul qilindi. 

Quyidagilar ushbu qarorni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar etib belgilandi, jumladan:

  • kriminogen vaziyati murakkab mahallalarni sun’iy intellektda ishlovchi maxsus dasturiy ta’minotga integratsiya qilingan zamonaviy kuzatuv kameralari bilan to‘liq qamrab olish;
  • joriy yil yakuniga qadar jismoniy shaxslar mol-mulkini texnik qo‘riqlash qamrovini 30 foizga, yuridik shaxslar mol-mulkini qo‘riqlash qamrovini esa 60 foizga etkazish.
  • Shuningdek, ichki ishlar organlarida yuqori malakali kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida masofaviy ta’lim shakli joriy etiladi hamda bakalavriat dasturi bo‘yicha qabul kvotalari bosqichma-bosqich oshirib boriladi.
Chat