Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 51 marta o'qildi
Hukumat qarori (522-son, 20.08.2025-y.) bilan “Jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Kredit bitimini tuzish taqiqlangan shaxslar reestriga kiritish yoki ushbu reestrdan chiqarish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. 

Nizomga ko‘ra, ma’lumotlarni mazkur reestrga kiritish yoki chiqarish bo‘yicha arizalar YaIDXP (my.gov.uz), davlat xizmatlari markazlari yoki kredit byurolari orqali taqdim etiladi. 

Ariza beruvchi o‘zi kelib, kredit byurosiga yozma murojaat etganda, ariza beruvchiga QR-kod qo‘yilgan ma’lumotnoma beriladi.

Davlat xizmatlari markazlari xizmatning natijasini u kelib tushgandan so‘ng 10 daqiqa ichida ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. 

Kredit bitimini tuzishni taqiqlash yoki taqiqni olib tashlash to‘g‘risidagi ariza yuborilgan sana va vaqt, taqiq belgilangan yoki olib tashlangan sana va taqiq shartlari haqidagi ma’lumotlar shaxslarning kredit tarixida aks ettirib boriladi.

Davlat xizmatlari markazlari va kredit byurolari olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.

Chat