Tovar yoki transport vositasi bojxona hududiga olib kirilayotganda tashuvchi bojxona organini chegara kesib o‘tilayotgani haqida xabardor qilishi shart. Xabardor qilish o‘tkazish punktida tovar, transport vositasi va ularga tegishli tovar-kuzatuv hujjatlarini bojxona organiga taqdim etish orqali amalga oshiriladi.
Tashuvchi yoki boshqa manfaatdor shaxs tovar va transport vositasi O‘zbekiston bojxona hududiga amalda etib kelguniga qadar ular haqida dastlabki axborot taqdim etishi ham mumkin.
Avtotransportda xalqaro tashish chog‘ida, tegishli holatga qarab:
Xalqaro avtomobilь tashuvida tovarga oid asosiy hujjatlarga:
Hujjatlarda tashuvchi, jo‘natuvchi va oluvchi, tovarni jo‘natish va etkazib berish joylari, tovarning nomi va kodi, og‘irligi, faktura qiymati, yuk joylari soni hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilishi talab etiladi.
Eslatma: ushbu hujjatlar ro‘yxati avtotransportda xalqaro tashish holatlariga tegishli. Jismoniy shaxsning shaxsiy, notijorat maqsaddagi avtomobilini chegara orqali olib o‘tishda alohida bojxona qoidalari qo‘llaniladi.