Shrift o‘lchami
Ko‘rinish
Hukumat qarori (631-son, 08.10.2025-y.) bilan “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi "Yashil tashabbuslar"ni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizom O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi "Yashil tashabbuslar"ni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish, Jamg‘arma faoliyatini boshqarish, uning mablag‘larini taqsimlash, hisobi va hisobotini yuritish tartibini belgilaydi.
Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi maqsadlarga yo‘naltiriladi, jumladan:
► yoshlarda tabiatga muhabbat hissini uyg‘otish, ularning atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashish;
► yoshlarning ekologik toza texnologiyalarni joriy etish, chiqindilarni qayta ishlash, yashil energiya manbalaridan foydalanish kabi ekologik loyihalarini qo‘llab quvvatlash;
► mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlashda yoshlar ishtirokini kuchaytirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish;
► yoshlarning daraxt ko‘chatlarini ekish va parvarishlash kabi ekologik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash.
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan uning tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasi asosida foydalaniladi.