Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 41 marta o'qildi

“Jadal kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan tuman (shahar)larda mahalliy boshqaruv organlarini optimal joylashtirish orqali ularning bino va inshootlari o‘rnida biznes loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida ”gi Hukumat qarori (668-son, 22.10.2025-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarini jadal kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan tuman (shahar)larda amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida” 2025-yil 1 apreldagi PQ–132-son qaroriga muvofiq:

➖ tegishli tuman (shaharlar)ning 2025-2026-yillarda jadal kompleks rivojlantirish dasturlari;

➖ bir joyda optimal joylashtiriladigan tuman (shahar) mahalliy boshqaruv organlari ro‘yxati tasdiqlandi. 

Yangi ma’muriy binolar foydalanishga qabul qilingandan so‘ng ularning 1 va 2-qavatlari ustuvor ravishda savdo va servis faoliyatini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auktsion savdolari orqali ijaraga beriladi.

Tuman (shahar)lar mahalliy boshqaruv organlari uchun yangi ma’muriy binolarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish doirasida:

▪️ buyurtmachilar etib – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari belgilandi;

▪️ bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.

Bunda yangi ma’muriy binolarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj va obodonlashtirish ishlarini 2026-yil 1 dekabrga qadar yakunlash belgilab qo‘yildi.

Chat