Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 48 marta o'qildi

"Radiatsiyaviy manbalar xavfsizligini ta’minlash" qoidalari  Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami: 3695-son, 28.10.2025-y).

Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi hududida yadroviy qurilmalar jumlasiga kirmaydigan, yangi quriladigan va rekonstruktsiya qilinadigan radiatsiyaviy manbalar xavfsizligini ta’minlash tartibini belgilaydi.

Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan radiatsiyaviy manbalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha quyidagi talablar bajarilishi shart, jumladan:

► radiatsiyaviy manbalar loyiha hujjatlari va texnologik hujjatlarga muvofiq tarzda ishlatilishi va ularning texnik soz holatda saqlanishi ta’minlanishi;

► favqulodda vaziyatlar va avariya holatlarida aholining xavfsizligini ta’minlash choralarining ko‘rilishi.

Radiatsiyaviy manbalardan foydalanishda loyiha hujjatlarida ko‘rsatilgan talablardan chetlanishlarni bartaraf etish quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:

➖ loyiha hujjatlarida ko‘rsatilgan talablardan chetlanishlar aniqlanishi va ularning sabablari bartaraf etilishi;

➖ loyiha hujjatlarida ko‘rsatilgan talablardan chetlanishlar texnik tizimlar orqali nazorat qilinishi va avtomatik xavfsizlik tizimlari ishga tushirilishi.

Ko‘p bosqichli himoya dasturining bajarishi shart bo‘lgan tashkiliy chora-tadbirlar va texnik echimlar radiatsiyaviy manbalarning xavf darajasi asosida loyihada belgilanishi shart.

Radiatsiyaviy manbalar loyihasida avtomatik xavfsizlik tizimlarining ishonchliligi, hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalar va ularning oqibatlari loyiha hujjatlariga asosan tahlil qilinishi, aniqlangan nosozliklar bartaraf etilishi kerak.

Chat