Shrift o‘lchami
Ko‘rinish
Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1 yanvardan davlat tibbiyot muassasalarining tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga quyidagi qo‘shimcha imtiyozlar beriladi:
► davlat tibbiyot muassasalarida kamida 3 yil ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga Davlat byudjeti hisobidan 1 yilda 1 marotaba bepul yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish;
► davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga 1 yilda 1 marotaba respublika hududidagi sanatoriylarga bepul yo‘llanma berish;
► barcha turdagi davlat xizmatlari uchun to‘lovlar miqdorini 2 barobar kamaytirish.