Shrift o‘lchami
Ko‘rinish
Hukumat qarori (717-son, 11.11.2025-y.) bilan “Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Ko‘krak nishoni bilan fidoyi fuqarolar, birinchi navbatda, yoshlar taqdirlanadi.
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligiga har yili 1-mayga qadar taqdim etiladi.
Ko‘krak nishoni, qoida tariqasida, har yili 26-iyunь – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni arafasida tantanali vaziyatda topshiriladi.
Bir shaxs ko‘krak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.
Ko‘krak nishoni davlat mukofotlaridan keyin ko‘krakning chap tomoniga taqiladi.