Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 34464 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligining tugatilishi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish yoki fuqarolikni yo‘qotish sababli vujudga keladi.      


O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari yuzasidan qabul qilingan iltimosnomalar yoki arizalar O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid «E-Fuqaro» idoralararo ma’lumotlar bazasida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Fuqarolikdan chiqish uchun quyidagi organlarga murojaat etiladi:


Fuqarolikdan chiqish uchun topshiriladigan hujjatlar ro‘yxati
  • so‘rovnoma;
  • pasport (ID-karta);
  • nikoh tuzilganligi yoki nikoh bekor qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (mavjud bo‘lsa);
  • arizada bola ko‘rsatilgan taqdirda, uning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi va (mavjud bo‘lsa) pasporti (ID-kartasi). Bunday hollarda bolaning otasi yoki onasi O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini saqlab qolayotgan bo‘lsa, uning notarial tartibda tasdiqlangan roziligi talab etiladi;
  • 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolaning O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish to‘g‘risidagi yozma roziligi;
  • davlat boji (konsullik yig‘imi) to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat.

Fuqarolikdan chiqish to‘g‘risidagi iltimosnomaga ilova qilinadigan hujjatlar.   

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi quyidagi hollarda yo‘qotiladi
  • shaxs chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi oqibatida;
  • agar xorijda doimiy yashovchi shaxs 7 yil mobaynida uzrli sabablarsiz doimiy konsullik hisobiga turmagan bo‘lsa;
  • agar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish bila turib yolg‘on ma’lumotlar yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida amalga oshirilgan bo‘lsa;
  • agar shaxs chet davlatning foydasini ko‘zlab faoliyat ko‘rsatgan holda yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish yo‘li bilan jamiyat hamda davlat manfaatlariga jiddiy zarar etkazgan bo‘lsa;
  • agar shaxs ixtiyoriy ravishda chet davlatning fuqaroligini olgan bo‘lsa;
  • agar shaxs chet davlatning fuqaroligini tug‘ilganlik bo‘yicha yoxud chet davlat fuqarosi bo‘lgan otasining yoki onasining fuqaroligi asosida, voyaga etmagan yoshida olgan bo‘lsa va 21 yoshga to‘lguniga qadar chet davlat fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirmagan bo‘lsa.

Shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganligi uning erining (xotinining) va farzandining (bolalarining) fuqaroligi o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni chiqqan kundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqqan yoki yo‘qotilgan deb hisoblanadi.

Chat