Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 49 marta o'qildi

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–339-son, 13.11.2025-y.) qabul qilindi. 

Qarorga ko‘ra, Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar hukumatlari o‘rtasidagi atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.

Bitim 2024-yil 4-iyulь kuni Ostona shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida imzolangan.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.

Chat