Shrift o‘lchami
Ko‘rinish
“Butunjahon turizm tashkiloti shafeligida Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–350-son, 20.11.2025-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, BMTning Butunjahon turizm tashkiloti shafeligida tashkil etilgan Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi (Akademiya) faoliyatining maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
► dunyoning eng nufuzli top-10 reytingiga kirgan ta’lim tashkiloti bilan hamkorlik o‘rnatish va mutaxassislar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish;
► 1 oygacha bo‘lgan malaka oshirish hamda 8 oygacha bo‘lgan qayta tayyorlash o‘quv kurslarini tashkil etish.
Akademiya “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tuzilmasiga kiradi.
Akademiyada o‘qitish O‘zbekistonda amaldagi ta’lim shakllarida o‘zbek, rus va ingliz tillarida amalga oshiriladi.
2025-yil 1 dekabrdan:
► turizm sohasi sub’ektlari mutaxassislari shartnoma asosida qayta tayyorlanadi va malakasi oshiriladi.
► har yili Butunjahon turizm tashkilotiga a’zo davlatlarning 100 nafar iqtidorli mutaxassislariga Akademiyaning qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv dasturlarida ta’lim olish uchun maxsus grant ajratiladi.