Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 37 marta o'qildi
“Dafn etish ishlarini tashkil etish va hisobini yuritish tizimini takomillashtirish hamda sohada samarali nazorat qilish mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (735-son, 21.11.2025-y.) qabul qilindi. 

Qarorga ko‘ra, vafot etgan shaxslarni dafn etishga ruxsat berish va ro‘yxatga olishni raqamlashtirish, mazkur ishlarni elektron axborot tizimi orqali monitoring qilishga qaratilgan yangi elektron xizmatlar joriy qilinadi.

2026-yil 1-iyunga qadar “FHDYoning yagona elektron arxivi” axborot tizimining “Dafn etish ishlarini ro‘yxatga olish yagona elektron daftari” moduli va uning mobilь ilovasi ishlab chiqiladi.

2026-yil 1-martdan vafot etgan shaxsning o‘limi qayd etilgandan so‘ng uning eri (xotini), ota-onasi, farzandlarining YaIDXP (my.gov.uz) dagi shaxsiy kabinetiga o‘lim qayd etilgani haqida QR-kodli ma’lumotnoma bepul yuboriladi.

Ushbu QR-kod tushirilgan ma’lumotnoma gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi.

2026-yil 1-iyuldan 31 dekabrgacha Toshkent shahrida eksperiment tariqasida dafn etish ishlarini amalga oshirishning quyidagi tartibi joriy etiladi:

♦ qabriston mudiri (nazoratchisi) tomonidan vafot etgan shaxslarni dafn etishga ruxsat berish faqat elektron modulь yoki uning mobilь ilovasidan foydalangan holda amalga oshiriladi;

♦ qabriston mudirlari (nazoratchilari) tomonidan dafn etish ishlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni qog‘oz shaklida yuritish tartibi bekor qilinadi.

Chat