Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 26 marta o'qildi
“Agrar sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-224-son, 21.11.2025-y.) qabul qilindi.

Quyidagilar mazkur Farmonning asosiy maqsadlari etib belgilandi, jumladan:

♦ agrar sohani moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini raqamlashtirish orqali mehnat va vaqt resurslari sarfini 2 baravarga qisqartirish, 

♦ oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkolarga davlat tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘llab-quvvatlash choralarini unifikatsiya qilish orqali ularning sonini 2028-yil yakunigacha 50 foizgacha qisqartirish.

Farmonga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida Agrar sohada to‘lovlar agentligi tashkil etiladi.

Agentlik:

qo‘llab-quvvatlash choralarining yangi turlarini joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rsatish uchun arizalarni topshirishdan boshlab, ularni ko‘rib chiqish, ma’qullash va to‘lov jarayonigacha bo‘lgan barcha bosqichlarni to‘liq raqamlashtiradi.

2026-yil 1 yanvardan:

▪️ mazkur Farmonda belgilangan qo‘llab-quvvatlash choralari Agentlik tomonidan amalga oshiriladi;

▪️ qo‘llab-quvvatlash choralari tadbirkorlarga alohida maxsus hisob raqamlar (23210) ochish orqali moliyalashtiriladi.

Chat