Shrift o‘lchami
Ko‘rinish
Farmonga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi tizimini joriy etishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
► tabiiy va texnogen ofatlar, yong‘in, zararkunanda va kasalliklar ta’sirida o‘simlik hamda hayvonlarga etkazilgan zararlarni qoplab berish;
► qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2030-yilgacha bosqichma-bosqich 20 foizga oshirish va qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilarning xavflarini kamaytirish.
Farmonga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etiladi.
2026-yildan qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilari mahsulot etishtirish uchun imtiyozli kreditlardan foydalanganda ishlab chiqariladigan mahsulotning yo‘qotilishi xavfini oldindan sug‘urta qilish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Klaster, fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarining imtiyozli kreditlar bo‘yicha qarzdorliklari qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklari sug‘urtasi shartnomasi bo‘yicha qoplanmaydi.
Shuningdek, 2025-yil yakunigacha Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi axborot tizimi ishga tushiriladi.