Qarorga ko‘ra, quyidagilar 2026-yil uchun asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar etib belgilandi, jumladan:
► zamonaviy intensiv agrotexnologiyalarni keng joriy etish natijasida hosildorlikni paxtachilikda 50 tsentnerdan oshirish, g‘allachilikda 100 tsentnerga etkazish;
► ilm-fan yutuqlari va ustoz-shogird an’analariga asoslangan yangi tizimni joriy etish orqali paxtachilikda hosildorlikni oshirish.
2026-yil hosilidan boshlab:
► tuproqning 1 bonitet baliga nisbatan normativ hosildorlikka (tsentner/gektar) 0,7 koeffitsientni qo‘llagan holda paxta xomashyosini etishtirish uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi. Bunda:
▪️ imtiyozli kreditlarning 0,6 koeffitsientdan oshgan qismi uchun likvidli garov ta’minoti taqdim etiladi;
► paxta etishtirishda agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan, plyonka va tomizg‘ichli shlanglarni xarid qilish xarajatlari imtiyozli kreditlar hisobidan amalga oshiriladi. Bunda:
▪️ imtiyozli kreditlar tijorat banklari orqali har yili yanvarь – avgust oylarida ajratiladi;
► yil davomida imtiyozli kredit limitining 50 foizgacha qismidan foydalangan paxta etishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga belgilangan tartibda sotilgan paxta qiymatining 5 foizi miqdorida subsidiya ajratish tizimi joriy qilinadi.