Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 54 marta o'qildi
Hukumat qarori (776-son, 10.12.2025-y.) bilan “Kelajak” markazlarida o‘qiganlik uchun ota-onalar badali to‘lovini undirish va undan foydalanish tartibi belgilandi.

Qarorga ko‘ra, “Kelajak” markazlarida o‘qiganlik uchun ota-onalar badali to‘lovi oyiga BHMga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilandi:

2026-yil 1 yanvardan:

▪️ Toshkent shahrida – 30 foiz;
▪️ viloyatlar markazlarida – 25 foiz;
▪️ respublikaning qolgan tuman (shahar)lari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus va Xorazmning Urganch shaharlarida – 15 foiz;
▪️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazmning qolgan tuman (shahar)larida – 10 foiz;

2026-yil 1 sentyabrdan:

▫️ Toshkent shahrida – 60 foiz;
▫️ viloyatlar markazlarida – 50 foiz;
▫️ respublikaning qolgan tuman (shahar)lari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus va Xorazm viloyatining Urganch shaharlarida – 30 foiz;
▫️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining qolgan tuman (shahar)larida – 20 foiz.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga, joriy oy uchun to‘lov mazkur oyning 10-sanasidan kechikmasdan to‘lanadi. Bunda sentyabrь oyi uchun to‘lov 30-sanaga qadar amalga oshiriladi.

✔️ Ota-onalar to‘lovidan quyidagilar ozod etiladi:

► “Kambag‘al oilalar reestri”ga kiritilgan oilalarning farzandlari (ta’lim oluvchilar umumiy sonining 15 foizi miqdorida);

► alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internat o‘quvchilari;

► etim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining inklyuziv sinflarida ta’lim oladigan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar.

Chat