Shrift o‘lchami
Ko‘rinish
Nizomga ko‘ra, bemorlarga tayinlangan dori vositalari to‘g‘risidagi ma’lumot elektron retseptga bevosita shifokor tomonidan kiritiladi hamda elektron tasdiqlash usullari orqali tasdiqlanadi.
Elektron retseptga o‘tkaziladigan dori vositalarining guruhlarini shakllantirish maqsadida Cog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i bilan Ekspertlar kengashi tashkil etiladi.
Retsept bilan beriladigan dori vositalarini elektron retsept asosida tayinlashning 1-bosqichida quyidagi dori vositalari elektron retsept asosida belgilanadi:
► antibiotiklar va tizimli ta’sir etuvchi sintetik antibakterial dori vositalari;
► tizimli ta’sir etuvchi gormonal dori vositalari.
Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida tashkil qilingan 1003 qisqa raqamli “Call-markaz” orqali yotoq rejimida bo‘lgan va surunkali kasallikka chalingan bemorlar uchun quyidagi imkoniyatlar ta’minlanadi, jumladan:
▪️ o‘zlari biriktirilgan oilaviy shifokorga murojaat qilish;
▪️ davolash kursini davom ettirish maqsadida o‘z oilaviy shifokoriga (yoki tor soha mutaxassisiga) masofadan murojaat qilish orqali elektron retsept olish.