Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 39 marta o'qildi
“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi faoliyatini yanada takomillashtirish va zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–253-son, 18.12.2025-y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, Konstitutsiyaviy sud faoliyatini takomillashtirishning ustuvor maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

► fuqarolar va yuridik shaxslarning konstitutsiyaviy odil sudlovga erishish, ularning buzilgan konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini tiklash imkoniyatlarini kengaytirish;

► shaxslarning murojaatlari (shikoyatlari)ni ko‘rib chiqish tartib-taomillarini soddalashtirish, ortiqcha byurokratik to‘siqlar va ovoragarchiliklarni bartaraf etish.

Konstitutsiyaviy sudga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish huquqi sub’ekti bo‘lmagan fuqaro yoki yuridik shaxs tomonidan Konstitutsiyaviy sudga taalluqli masala yuzasidan yo‘llangan murojaat Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan sub’ektga yuboriladi. 

Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqiga ega sub’ekt tomonidan shaxsning murojaatidagi masala Konstitutsiyaviy sudga kiritilmaganda muallifga ushbu masalani kiritishga asos mavjud emasligi tushuntirilib xabar beriladi va Konstitutsiyaviy sudga axborot taqdim etiladi.

Konstitutsiyaviy shikoyat instituti bo‘yicha:

► muayyan ish bo‘yicha sud tomonidan qo‘llanilgan qonunning Konstitutsiyaviy sud tomonidan Konstitutsiyaga muvofiq emas deb topilishi sud hujjatini o‘rnatilgan tartibda qayta ko‘rishga;

► muayyan ish bo‘yicha qo‘llanilishi lozim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatning Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risida sudlar tashabbusi bilan Konstitutsiyaviy sudga Oliy sud tomonidan murojaat kiritilishi holatini sudda tegishli ish bo‘yicha ish yurituvini to‘xtatishga asos sifatida belgilanadi.

Hujjatning rasmiy to‘liq matni

Chat