Qarorga ko‘ra, Toshkent shahrida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi Ko‘p funktsional inklyuziv-resurs markazi (Inklyuziv markaz) va Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 1 tadan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab yoki maktab-internatlar negizida Ko‘p funktsional inklyuziv-resurs maktablari tashkil etiladi.
2026/2027 o‘quv yilidan Inklyuziv markaz tarkibida tajriba-sinov tariqasida inklyuziv-korrektsion maktab faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Unda boshlang‘ich sinflar uchun o‘quvchilarni moslashtirish, ta’lim va muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish hamda rivojlantirish, shuningdek, individual ta’lim rejasi asosida korrektsion va qo‘shimcha mashg‘ulotlarni o‘z ichiga olgan inklyuziv sinflar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
Inklyuziv markazda umumta’lim maktablarining inklyuziv sinflarida ta’lim oluvchi nogironligi bo‘lgan o‘quvchilar uchun asosiy maktabdagi darslariga qo‘shimcha fan, kasb va korrektsion mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yiladi.
2027-yil 1 yanvardan Inklyuziv markazda davlat ta’lim tashkilotlari maxsus pedagoglarining bilim va ko‘nikmasini baholash uchun maxsus pedagoglarni kasbiy sertifikatlash tizimi joriy qilinadi.
☑️ 2027/2028 o‘quv yilidan hududlarda bosqichma-bosqich Inklyuziv maktablar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.