Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1 yanvardan:
► QQSdan tushgan tushumlardan Toshkent shahar mahalliy byudjetiga 5 foiz va qolgan hududlar mahalliy byudjetlariga 20 foiz o‘tkaziladi;
► mahalliy byudjetlarga kelib tushadigan QQS, foyda solig‘i va benzin, dizelь yoqilg‘isi va gazni yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilishda to‘lanadigan aktsiz solig‘i, davlat boji, jarima va yig‘imlar hisobidan tushadigan daromadlardan tuman (shahar)lar byudjetlariga ajratmalar me’yorlari belgilanadi;
► Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlariga alkogolь mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolь mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalarini 20 foizgacha oshirish vakolati beriladi hamda mazkur yig‘imlardan tushgan tushumlar to‘liq miqdorda tuman (shahar)lar byudjetlariga yo‘naltiriladi;
► quyidagi tushumlar mahalliy byudjetlarga o‘tkaziladi va qo‘shimcha manba sifatida foydalaniladi:
➖ qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga berishdan Davlat byudjetiga o‘tkazilishi belgilangan mablag‘lar tegishli tuman (shahar)lar byudjetlariga yo‘naltiriladi;
➖ dehqon bozorlari, ixtisoslashtirilgan va buyum bozorlaridan respublika byudjetiga tushgan soliqlar ushbu sohadagi hamda mahallalarda infratuzilmani yaxshilash uchun mazkur bozorlar joylashgan tuman (shahar)lar byudjetlariga o‘tkaziladi.