Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 50 marta o'qildi
Prezident Farmoni (PF–5-son, 19.01.2026-y.) bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Prezidentning 2021-yil 20 oktyabrdagi “Raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–5262-son qaroriga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra:

► ayrim turdagi xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar uchun import bojxona boji 2027-yil 1 yanvarga qadar “nolь” stavkada qo‘llanilishi belgilandi.

Ilgari mazkur xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar uchun import bojxona boji 2024-yil 1 yanvarga qadar “nolь” stavkada qo‘llanilishi belgilangan edi. 

Chat