Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1 fevraldan jismoniy shaxslarga identifikatsiyalovchi ID kartalar 1-marotaba rasmiylashtirilganda uning chipiga kiritiladigan elektron raqamli imzo sertifikati bepul beriladi.
Departament jismoniy shaxslarning quyidagi markaziy ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va doimiy yangilab borish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi:
♦ chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
♦ identifikatsiyalovchi ID karta seriyasi, raqami, berilgan joyi hamda berilgan sanasi va tugash sanasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
♦ O‘zbekiston fuqaroligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
♦ O‘zbekiston fuqarolari, O‘zbekistonda doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
♦ O‘zbekistonga taklif qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar haqidagi, shuningdek, ularning viza muddati uzaytirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
2026-yil 1 sentyabrdan quyidagi davlat xizmatlarini YaIDXP va davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi:
▪️ xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila a’zolarini O‘zbekistonga taklif qilish;
▪️ fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning biometrik harakatlanish hujjatlarini rasmiylashtirish uchun ariza yuborish.
“Ichki ishlar organlarining migratsiya va personallashtirish sohasidagi faoliyatini raqamlashtirish orqali sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–14-son, 19.01.2026-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-maydan eksperiment tariqasida Toshkent, Samarqand va Farg‘ona viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 tadan tuman (shahar) migratsiya va personallashtirish bo‘linmalarida o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratilgan, sun’iy intellekt asosidagi “Aqlli” migratsiya shoxobchalari tashkil etiladi. Bunda:
♦ dastlabki bosqichda “Aqlli” migratsiya shoxobchalarida belgilangan davlat xizmatlari ko‘rsatiladi;
♦ Ichki ishlar vazirligi tomonidan o‘ziga o‘zi ko‘rsatiladigan xizmatlar turlari kengaytirib boriladi.
2026-yil 1-maydan Migratsiya va personallashtirish departamenti va uning hududiy boshqarmalariga O‘zbekistonga elektron kirish vizasi asosida kirib kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning elektron vizalari amal qilish muddatini 1 marotaba 30 kungacha uzaytirish huquqi beriladi.
✅ Chet el fuqarolariga O‘zbekiston hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan tasdiqnomani rasmiylashtirish vakolati Departament va uning hududiy boshqarmalariga ham beriladi.
2026-yil 1 sentyabrdan talabalar yotoqxonasiga joylashish bo‘yicha shartnoma tuzish bilan bir vaqtda talabalarni turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishning kompozit tartibi joriy etiladi.