Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 52 marta o'qildi

Qonun (O‘RQ–1117-son, 05.02.2026-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. 


Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari o‘rmon fondining foydalanilmayotgan erlari jismoniy va yuridik shaxslarga elektron onlayn-auktsion orqali ijara huquqi asosida berishi mumkinligi belgilandi.

Iqtisodiy protsessual kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun litsenziya (ruxsatnoma)larning amal qilishi 10 kundan ortiq, lekin 6 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turilishi mumkinligi belgilandi.

✔️ Ilgari mazkur litsenziyalarning amal qilishini 10 ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga to‘xtatib turilishi belgilangan edi. 

Shuningdek, “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar BHMning kamida 1 baravari miqdorida ixtiyoriy tartibda ijtimoiy soliq to‘lashi belgilandi.

Ilgari ushbu Qonunda mazkur soliq  BHMning 50 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda belgilangan edi.

Chat