Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 17 marta o'qildi

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tashkil etiladi


“Mahalliy ishlab chiqarish va sanoat kooperatsiyasini yangi tizim asosida rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–17-son, 04.02.2026-y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, quyidagilar tashkil etiladi:

▫️ Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi (Agentlik);
▫️ Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi boshqaruv kengashi.

⏭️ Iqtisodiyot va moliya vazirligining davlat xaridlari sohasidagi vazifa, funktsiya va vakolatlari Agentlikka o‘tkaziladi.

✅ 2026-yil 1-iyuldan:

♦ Agentlik respublika va mintaqa bozorini tahlil qilib, milliy iqtisodiyotga qo‘shiladigan qiymat zanjirlarini oshirishga xizmat qiluvchi o‘zlashtirish tavsiya etiladigan raqobatbardosh mahsulotlar ro‘yxatini sohalar kesimida bosqichma-bosqich shakllantiradi va e’lon qilib boradi;

♦ o‘zlashtirish tavsiya etiladigan raqobatbardosh mahsulotlar ro‘yxatiga kiritilgan mahsulotlarni o‘zlashtirgan tadbirkorlar bilan o‘rnatilgan tartibda kafolatli xarid shartnomalari tuziladi;

♦ Tadbirkorlik sub’ektlarining barqarorlik reytingini shakllantirishda mahsulotlarni ishlab chiqarishda yaratilgan qo‘shilgan qiymat ulushi qo‘shimcha ball beruvchi ko‘rsatkichlarga kiritiladi.

Davlat xaridlarining samaradorligi oshiriladi


Farmonga ko‘ra, 2027-yil 1 yanvardan:

♦ kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’ektlarining davlat xaridlaridagi ishtirokini kengaytirish maqsadida davlat xaridlarida xarid predmetini texnologik zanjirlar, funktsional bosqichlar va ish turlari kesimida alohida lotlarga bo‘lish amaliyoti joriy etiladi;

♦ korporativ buyurtmachilarda “professional xaridor” sertifikatiga ega mutaxassislar mavjud bo‘lmagan taqdirda, 2028-yil 1 yanvardan boshlab ular davlat xaridlarida ishtirok etishi taqiqlanadi.

♦ 2026-yil 1-iyuldan vositachi-broker va (yoki) dilerlarga ishlab chiqaruvchilar bilan shartnoma tuzish orqali ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni davlat xaridlarida sotish huquqi beriladi.

♦ 2026-yil 1 apreldan boshlab byudjet buyurtmachilarining davlat xaridlari doirasida chet ellik etkazib beruvchilar bilan bir qatorda mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirok etganda ularga nisbatan taklif etilgan eng past import tovarlarining narxidan quyidagi miqdorlarda narx preferentsiyasi beriladi:

▫️ 3ta va undan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 15 foiz;
▫️ 2ta mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 12 foiz;
▫️ 1 ta mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 8 foiz miqdorida.

Chat