Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 150 marta o'qildi

Hukumat qarori (68-son, 19.02.2026-y.) bilan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” ko‘krak nishoni to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.


Nizom “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” ko‘krak nishoni  bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.

Nizomga ko‘ra, ko‘krak nishoniga nomzodlar ro‘yxati quyidagilarni birlashtiruvchi Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamjamiyati doirasida shakllantiriladi:

▫️ Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari;
▫️ maktablar;
▫️ Prezident maktablari va “Yangi O‘zbekiston” universiteti bitiruvchilari;
▫️ “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi va uni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy dasturi ishtirokchilari;
▫️ dunyoning nufuzli oliy ta’lim va boshqa tashkilotlarida bilim va tajriba orttirgan iqtidorli vatandoshlar.

Ishchi guruh taqdimnomalar asosida hujjatlarni umumlashtirib, har yili 25-martga qadar belgilangan talablar asosida eng munosib nomzodlar bo‘yicha xulosa qabul qiladi.

⏭️ Xulosa asosida nomzodlarning hujjatlari “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish hamda ijrosini nazorat qilish bo‘yicha respublika komissiyasiga yuboriladi.

Respublika komissiyasi har yili 20-mayga qadar ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Ko‘krak nishoni har yili Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamjamiyatining qurultoyida topshiriladi.

Chat