Qarorga ko‘ra, quyidagilar ushbu qarorning asosiy maqsadlari etib belgilandi, jumladan:
♦ davlat ishtirokidagi korxonalar va tijorat banklarida (jamiyatlar) korporativ boshqaruv madaniyatini rivojlantirish, uning zamonaviy usullarini qo‘llash, jamiyatlar kuzatuv kengashi tarkibidagi mustaqil a’zolar ulushini 50 foizga etkazish;
♦ 2026-yil yakuniga qadar “O‘zbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamg‘armasi” AJ (Jamg‘arma) ustav kapitalidagi 30 foizgacha aktsiyalar paketining xalqaro va mahalliy fond bozorlarida birlamchi ommaviy taklifini (IPO) o‘tkazish.
Jamg‘armaning ulushi bor bo‘lgan jamiyatlar bo‘yicha:
► hisoblanadigan dividendlarni jamiyatlar ixtiyorida qoldirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish taqiqlanadi;
► iqtisodiyotdagi o‘rni va ulushi, moliyaviy natijalari, biznes-reja ko‘rsatkichlari bajarilishi va boshqa muhim axborotlarni o‘z ichiga oluvchi ma’lumotlar Jamg‘arma bilan kelishilgandan so‘ng Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga taqdim etiladi.