Kecha, 27-mart kuni Nьyu-York shahrida O‘zbekiston va Lesoto o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommyunike imzolandi.
Ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatni O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Lesotoning BMTdagi missiyasi rahbari Matete Nena imzoladi.
Suhbat chog‘ida tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasidagi yaqin hamkorlikni mustahkamlash muhimligini qayd etdilar.
Lesoto - Janubiy Afrikadagi anklav davlat bo‘lib, butunlay Janubiy Afrika Respublikasi hududi bilan o‘ralgan. Shuningdek, u butun hududi dengiz sathidan 1400 m dan baland bo‘lgan dunyodagi yagona davlatdir. Lesoto Qirolligi O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 166-qirollik bo‘ldi.