Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1312 marta o'qildi

Kotibiyat nima?

Kengash kotibiyati — mahalliy Kengash, uning doimiy komissiyalari va deputatlari faoliyatini tashkiliy, huquqiy, axborot-tahliliy, texnikaviy va boshqa jihatlardan ta’minlaydigan tuzilma.

Kotibiyat o‘z faoliyatini mahalliy Kengash raisi va Kotibiyat mudiri rahbarligida amalga oshiradi.

Kotibiyatning asosiy vazifalari

Kotibiyat:

  • Kengash sessiyalari va doimiy komissiyalar majlislarini tayyorlashga ko‘maklashadi;
  • qaror va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash hamda kelishishni tashkil etadi;
  • Kengash qarorlari ijrosini nazorat qiladi;
  • nazorat-tahlil tadbirlarini tashkil etishga ko‘maklashadi;
  • mansabdor shaxslarning hisobotlarini eshitish uchun materiallar tayyorlaydi;
  • deputatlarni huquqiy va axborot-tahliliy ma’lumotlar bilan ta’minlaydi;
  • murojaatlar va hujjatlar bilan ishlashni tashkil etadi;
  • Senat qo‘mitalari va Senat devoni bo‘linmalari bilan hamkorlik qiladi.

Kotibiyat mudiri qanday tayinlanadi?

Kotibiyat mudiri:

  • mahalliy Kengash deputatlari orasidan;
  • mahalliy Kengash vakolati muddatiga;
  • mahalliy Kengash raisi tomonidan tayinlanadi;
  • doimiy asosda faoliyat yuritadi.

Kotibiyat mudiri ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari boshqa haq to‘lanadigan ish bilan shug‘ullanishi mumkin emas.

Kotibiyat mutaxassislari qanday ishga qabul qilinadi?

Kotibiyat bosh mutaxassislari va yuriskonsulьti:

  • Kotibiyat mudiri tomonidan tanlanadi va suhbatdan o‘tkaziladi;
  • Kotibiyat mudirining tavsiyasi asosida;
  • mahalliy Kengash raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Munosib nomzod bilan mehnat shartnomasi tuzilib, u uch oylik sinov muddati bilan ishga qabul qilinishi mumkin.

Kotibiyat mudirining vakolatlari

Kotibiyat mudiri:

  • Kotibiyat faoliyati va mutaxassislar ishini tashkil etadi;
  • sessiyaga kiritiladigan hujjatlar sifatli tayyorlanishini ta’minlaydi;
  • qaror loyihalarini kelishish jarayonini tashkil qiladi;
  • qabul qilingan hujjatlar ijrosini nazorat qiladi;
  • xodimlar o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
  • ish yuritishning belgilangan tartibda olib borilishini ta’minlaydi;
  • xodimlarni rag‘batlantirish yoki ularga intizomiy chora ko‘rish bo‘yicha takliflar kiritadi.

Kotibiyat xodimlarining mehnat munosabatlari

Kotibiyat mutaxassislarining mehnat munosabatlari mahalliy Kengash vakolati muddatiga bog‘liq emas.

Kotibiyat mudirining faoliyat muddati esa tegishli mahalliy Kengash vakolati muddati bilan bog‘liq.

Ishga qabul qilish, lavozimdan ozod etish, rag‘batlantirish, ta’til, xizmat safari va intizomiy choralarga oid masalalar mahalliy Kengash raisi farmoyishi asosida hal etiladi.

Chat