Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra:
ikkilamchi ijaraga olgan ijarachilar tomonidan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan er uchastkalarining dala chetlaridagi kanal, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi qonunchilikka muvofiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish belgilangan maydonlarida va muddatlarda maqbul ekin ekilmaganligi, –
➖ BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.
Soliq kodeksiga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi yuqorida keltirilgan maydonlarda:
har yili 1-maygacha maqbul ekin ekilmagan er uchastkasi va ularning mulkdorlari (egalari) to‘g‘risidagi axborotni davlat soliq organlariga real vaqt rejimida, elektron shaklda taqdim etishi shartligi ko‘zda tutildi.
Mazkur axborotga asosan er uchastkasining maqbul ekin ekilmagan qismi uchun joriy yilgi er solig‘i stavkasi 3 baravar miqdorda oshirilgan holda hisoblanishi belgilandi.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.