Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 33 marta o'qildi

Ular QQSni noqonuniy qaytarib olish sxemasini tashkil etganlikda ayblanmoqda.


Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda Soliq qo‘mitasining komplaens va korruptsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan 640 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni talon-toroj qilish holati aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Soliq qo‘mitasi, Buxoro viloyati soliq boshqarmasi, Uzbekneftegaz AJ, «SH. G.» MChJ, «S. E.» qo‘shma korxonasi MChJ, «A.» MChJ hamda O‘zbekistondagi «E. E.» qo‘shma korxonasining doimiy muassasasi mas’ul shaxslari oldindan til biriktirib, davlat byudjeti mablag‘laridan 643,2 mlrd so‘mni noqonuniy o‘zlashtirgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish loyihasi doirasida 5,3 trln so‘mlik xizmatlar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etilgan bo‘lgan. Shunga qaramasdan, sxemada ishtirok etgan shaxslar elektron hisobvaraq-fakturalarga QQS summalarini noqonuniy kiritib, byudjetdan QQSni qaytarib olish huquqini sun’iy ravishda shakllantirgan.

Natijada mazkur mablag‘lar «A.» MChJ hisob raqamiga qaytarilishiga, shuningdek «S. E.» qo‘shma korxonasining davlat oldidagi qarzdorligi hisobdan chiqarilishiga erishilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Chat