Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 12 marta o'qildi

Futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionatiga ikki oydan kamroq vaqt qoldi. 11-iyundan 19-iyulgacha AQSh, Meksika va Kanada maydonlarida o‘tadigan turnirda O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor ishtirok etadi.

Mundialda o‘zbekistonlik futbolchilar K guruhidagi raqiblari — Kolumbiya (17-iyunь), Portugaliya (23-iyunь) va Kongo Demokratik Respublikasiga (27-iyunь) qarshi o‘ynaydi. Turnirning O‘zbekiston uchun tarixiy ahamiyatini hisobga olgan holda, ko‘plab muxlislar Jahon chempionati chiptalarini qanday sotib olish mumkinligiga qiziqmoqda.

Gazeta milliy terma jamoani tribunadan turib qo‘llab-quvvatlashni istagan muxlislar uchun O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinlari va Jahon chempionatining boshqa o‘yinlariga rasmiy chiptalarni qanday sotib olish bo‘yicha batafsil yo‘riqnoma tayyorladi.

Jahon chempionatining rasmiy chiptalarini FIFA veb saytidan quyidagi manzil orqali sotib olish mumkin:

www.fifa.com/en/tournaments/mens/worldcup/canadamexicousa2026/tickets

Buning uchun dastlab FIFA saytida akkaunt ochish lozim. Akkaunt ochish uchun bosh sahifaning yuqori o‘ng burchagidagi profilь belgisini va yangi foydalanuvchini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun «Sign Up» tugmasini bosing.

jahon chempionati, yo‘riqnoma, futbol, chiptalar

Keyingi qadam: foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini kiritish.

Ismingiz, jinsingiz, tug‘ilgan sanangiz, o‘z mamlakatingizni kiriting va o‘zingizga qulay bo‘lgan interfeys tilini tanlang. Shuningdek, kelgusida akkauntingizga kirish uchun FIFA ID sifatida xizmat qiladigan elektron pochta manzilingizni ham kiritishingiz kerak bo‘ladi. Keyin «Continue» tugmasini bosing.

Keyingi oynada akkauntingiz uchun parolь yaratishingiz kerak bo‘ladi.

Parolni yaratganingizdan so‘ng kelishuv shartlarini o‘qib chiqishingiz va qabul qilishingiz kerak. Keyin «Create Account» tugmasi tanlanadi.

Shundan so‘ng platforma ro‘yxatdan o‘tish paytida kiritgan elektron pochta manzilingizga olti xonali tasdiqlash kodini yuboradi.

Ushbu kodni kiritgandan so‘ng akkauntingiz ro‘yxatdan o‘tgan hisoblanadi va platforma sizni bosh sahifaga yo‘naltiradi.

U erda siz chipta sotib olishning to‘rt xil varianti borligini ko‘rasiz. Biz «Last-Minute Sales» opsiyasidan boshlashingizni tavsiya qilamiz. Bu orqali siz qatnashmoqchi bo‘lgan o‘yinlaringiz uchun FIFA’ning rasmiy narxlarida chiptalar mavjud yoki yo‘qligini bilib olasiz.

jahon chempionati, yo‘riqnoma, futbol, chiptalar

Dunyo bo‘ylab chipta sotib olayotgan odamlar soni ko‘pligi sababli tizim ba’zan sekin yuklanishi va sizdan kutib turishingizni so‘rashi mumkin. Bu o‘rinda siz ekranda chiqqan kodni kiritishingiz va keyingi oynaga o‘tguningizga qadar kutishingiz kerak bo‘ladi.

jahon chempionati, yo‘riqnoma, futbol, chiptalar

Shundan so‘ng platforma sizdan ma’lumotlaringizni to‘ldirishingizni va to‘liq ismingizni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun familiyangizni ham kiritishingizni so‘raydi.

jahon chempionati, yo‘riqnoma, futbol, chiptalar

Ismingiz va familiyangiz, shuningdek, boshqa ma’lumotlaringiz to‘g‘ri kiritilgani va xorijga chiqish pasportingizdagi bilan mos kelishiga ishonch hosil qiling. Viza olish uchun ariza topshirganingizda va so‘rovingizni FIFA Pass tizimi orqali tezkor ko‘rib chiqishni so‘raganingizda chiptangizdagi ma’lumotlar pasportingizdagi ma’lumotlarga mos kelmasa, tizim arizangizni rad etishi mumkin.

Keyin tizim akkauntizga qayta kirishingiz uchun elektron pochtangizga yana tasdiqlash kodini yuboradi.

Shundan so‘ng manzilingiz va telefon raqamingizni taqdim etishingiz, 18 yoshdan oshganingizni tasdiqlashingiz va qo‘llab-quvvatlaydigan terma jamoangizni — O‘zbekistonni tanlashingiz kerak bo‘ladi.

Va nihoyat, chipta sotib olishni boshlashingiz mumkin! Ochilgan sahifaning pastki qismiga o‘ting va «Buy ticket (s)» tugmasini bosing.

Bu sahifada Jahon chempionatining barcha o‘yinlari ro‘yxati keltirilgan bo‘ladi. Siz o‘yinlarni ular o‘tkaziladigan stadionlar yoki o‘ynaydigan terma jamoalar kesimida qidirishingiz mumkin.

jahon chempionati, yo‘riqnoma, futbol, chiptalar

Biz O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yiniga chiptalar qidiryapmiz, shuning uchun boshqa jamoalar orasidan o‘zimiznikini tanlaymiz.

jahon chempionati, yo‘riqnoma, futbol, chiptalar

Jamoa yoki stadionni tanlagandan so‘ng sahifada tanlangan toifadagi o‘yinlarning qisqartirilgan ro‘yxati paydo bo‘ladi. Ba’zi o‘yinlar bo‘yicha ular uchun chiptalar qolmaganini anglatuvchi «Not Available» yozuvi yoki chiptalar kam qolganini anglatuvchi «Limited Availability» yozuvi turganini ko‘rishingiz mumkin.

Agar ushbu platformada siz tomosha qilishni istagan o‘yin uchun chiptalar qolmagan bo‘lsa, boshqa foydalanuvchilar o‘z chiptalarini qayta sotadigan rasmiy FIFA bozorida chiptalar mavjud yoki yo‘qligini tekshirishingiz mumkin. Bu haqda qo‘shimcha ma’lumotlar quyiroqda keltirilgan.

Xo‘sh, keling, 27-iyunь kuni Jorjiya shtatining Atlanta shahridagi «Mersedes-Bents» stadionida bo‘lib o‘tadigan Kongo va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘yinni tanlaymiz. Shundan so‘ng tizim barcha mavjud chiptalarni toifalar va stadiondagi joylashuvi bo‘yicha ko‘rishingiz hamda o‘rindiqni tanlashingiz mumkin bo‘lgan oynani ochadi.

jahon chempionati, yo‘riqnoma, futbol, chiptalar

Qidiruvni osonlashtirish uchun chap tomonda byudjetingizni ko‘rsatishingiz va unga mos keladigan mavjud chiptalarni qidirishingiz mumkin.

jahon chempionati, yo‘riqnoma, futbol, chiptalar

O‘ng tomonda siz qanday chipta toifalari mavjudligini va ularning narxini ko‘rishingiz mumkin.

jahon chempionati, yo‘riqnoma, futbol, chiptalar

Material e’lon qilingan paytda mavjud chiptalar narxi 140 dollardan 900 dollargacha edi.

Shuningdek, stadion xaritasidagi chiptalar mavjudligi va toifasini ko‘rsatuvchi rangli joylar ustiga kursorni olib borib, ushbu sektorda nechta chipta mavjudligini va qanday narxda ekanini tekshirishingiz mumkin.

Uchrashuvni qaerda tomosha qilishni hal qilganingizdan so‘ng o‘sha sektorning ustiga bosing va o‘rindiqni tanlang.

Chiptani tanlaganingizdan so‘ng u sahifaning o‘ng burchagida paydo bo‘ladi. «Add to cart» tugmasini bosish orqali xaridingizni yakunlash uchun chiptani savatchangizga qo‘shishingiz mumkin.

jahon chempionati, yo‘riqnoma, futbol, chiptalar

Shundan so‘ng tizim sizni chiptalarni tekshirish jarayoniga yo‘naltirishi kerak. Agar siz ikkita yonma-yon bo‘sh o‘rindiqdan birini tanlagan bo‘lsangiz, platforma sizga boshqa o‘rindiqni taklif qilishi mumkin, chunki yonma-yon o‘rindiqlar birgalikda sotilishi mumkin. Bu vaziyatda siz taklif qilingan o‘rindiqni qabul qilishingiz («Accept Proposal») yoki boshqa variantni tanlashingiz mumkin («Modify»).

jahon chempionati, yo‘riqnoma, futbol, chiptalar

Keyin ma’lumotlaringizni tekshirish va chiptangizni sotib olish uchun savatchaga o‘ting. To‘lovni amalga oshirish uchun «Buy now» tugmasini bosing.

jahon chempionati, yo‘riqnoma, futbol, chiptalar

Keyin platforma o‘yin va stadiondagi o‘rindig‘ingiz bo‘yicha barcha ma’lumotlarni, shuningdek, profilingizda ko‘rsatilgan ism va familiyani o‘z ichiga olgan kengaytirilgan chipta tafsilotlarini ko‘rsatadi.

jahon chempionati, yo‘riqnoma, futbol, chiptalar

Barcha ma’lumotlaringiz to‘g‘riligini, ayniqsa, ismingiz va familiyangizning imlosi xorijga chiqish pasportingizdagiga mos kelishini diqqat bilan tekshiring.

Agar barcha ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lsa, sahifaning pastki qismiga o‘ting, kelishuv shartlarini qabul qiling va to‘lovni amalga oshirish uchun «Proceed to Payment» tugmasini bosing.

jahon chempionati, yo‘riqnoma, futbol, chiptalar

O‘zingiz foydalanmoqchi bo‘lgan xalqaro to‘lov tizimini tanlang.

jahon chempionati, yo‘riqnoma, futbol, chiptalar

Keyin o‘zingizdagi mavjud Visa / Mastercard kartasi ma’lumotlarini kiriting va «Pay Now» tugmasini bosing.

To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng platforma to‘lovni tasdiqlovchi xabarni elektron pochtangizga jo‘natadi. Bu xabarga Jahon chempionati o‘yiniga qanday borish, akkauntingiz orqali sotib olgan chiptalaringizni qanday tekshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar, shuningdek, invoys va chipta ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan PDF fayl biriktirilgan bo‘ladi.

jahon chempionati, yo‘riqnoma, futbol, chiptalar

Shuningdek, chiptalaringizni FIFA veb saytidagi shaxsiy akkauntizning «My tickets» bo‘limida tekshirishingiz mumkin.

Chiptalarni FIFA rasmiy savdo maydonchasidan sotib olish

O‘zingizga kerakli chiptalarni FIFA’ning rasmiy marketpleysida ham qidirib ko‘rishingiz mumkin, bu erda foydalanuvchilar o‘zlari sotib olgan chiptalarini qayta sotadi. Buning uchun asosiy sahifadagi «Marketplace» bo‘limidan «Resell/Exchange Now»ni tanlash lozim.

jahon chempionati, yo‘riqnoma, futbol, chiptalar

2026-yilgi Jahon chempionatini belgilab, «Buy» tugmasini bosing va keyingi sahifada o‘yinini tomosha qilmoqchi bo‘lgan jamoangizni tanlang.

O‘zingizga kerakli o‘yinni tanlagandan so‘ng joyni tanlashingiz mumkin bo‘lgan sahifaga o‘tsangiz bo‘ladi.

jahon chempionati, yo‘riqnoma, futbol, chiptalar

FIFA marketpleysida chiptalar foydalanuvchilarning o‘zlari tomonidan sotiladi, shuning uchun narxlar FIFA o‘rnatgan rasmiy narxlaridan farq qilishi mumkin. Ushbu yo‘riqnoma tayyorlanayotgan paytda O‘zbekistonning barcha o‘yinlari uchun qayta sotilayotgan chiptalar mavjud edi. Ularning narxi — o‘rindiq toifasi va joylashuviga qarab 69 dollardan 10 350 dollargacha.

Ta’kidlab o‘tamiz, FIFA chipta narxidan 15 foiz komissiya oladi.

Chat