Shuningdek, bir oy oldin e’lon qilinmagan savollarni suhbat jarayonida nomzodlarga berish taqiqlanadi.
Yangi tartib doirasida ayrim lavozimlar ro‘yxati tasdiqlanadi. Ushbu lavozimlarga qabul qilishda ichki tanlov o‘tkazilmaydi hamda nomzodlardan umumiy yoki maxsus mehnat staji talab qilinmaydi.
Bundan tashqari, ayrim lavozimlar uchun nomzodlardan ko‘pi bilan ikki yillik umumiy yoki mutaxassislik bo‘yicha ish staji talab qilinishi mumkin bo‘lgan lavozimlar ro‘yxati ham tasdiqlanadi.
Mazkur o‘zgarishlar yoshlarning davlat xizmatiga kirish imkoniyatlarini kengaytirish va tanlov jarayonlarining ochiqligi hamda shaffofligini ta’minlashga qaratilgan.