Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 84 marta o'qildi

1-avgustdan boshlab ruxsatnoma faqat elektron shaklda rasmiylashtiriladi. Jarima maydonchalari soliq tizimiga ulanib, avtomobilь va undirilgan to‘lovlar haqidagi ma’lumotlar avtomatik shakllanadi.


1-avgustdan boshlab jarima maydonchasidan transport vositasini olib chiqishga ruxsat faqat Jarima maydonchasi axborot tizimi orqali QR-kod bilan elektron shaklda beriladi.

Ichki ishlar vazirligi Soliq qo‘mitasi va Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki oy ichida mazkur tizimni soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qiladi.

Natijada jarima maydonchasiga joylashtirilgan transport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar — transport markasi, davlat raqami, maydonchaga kiritilgan va chiqarilgan vaqti, undirilgan to‘lov va boshqalar soliq tizimida avtomatik shakllanadi.

Shuningdek, unga qonunbuzarlik uchun ushlangan transport vositalarini saqlash xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarning rekvizitlari ham kiritiladi.

Joriy yil aprelь oyidagi hukumat qarori bilan avtomobilni jarima maydonchasidan olib chiqish uchun Yagona portal, YHXX mobil ilovasi yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali elektron murojaat qilish imkoni yaratilishi belgilangan edi.

Chat