Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Jazoirning O‘zbekistondagi yangi elchisi Jamila Ashurning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.


O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Jazoir Xalq Demokratik Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Jamila Ashurning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar joriy yil iyunь oyida O‘zbekiston delegatsiyasining Jazoirga amalga oshirgan rasmiy tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarning ijrosi muhokama qilindi.

Shuningdek, savdo-iqtisodiy, investitsiya, ta’lim, madaniyat va boshqa istiqbolli sohalardagi hamkorlikni yanada faollashtirishga tayyor ekanlik tasdiqlandi.

Eslatib o‘tamiz, Jazoirning O‘zbekistondagi avvalgi elchisi Muhammad Irki joriy yil may oyida mamlakatimizdagi diplomatik faoliyatini yakunlagan edi. U 2024-yil yanvarь oyidan buyon Jazoir diplomatik vakolatxonasiga rahbarlik qilib kelgan.

Chat