Yo‘lovchining chiptasiz yurishi yoki 10 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolani chiptasiz olib yurishi:
Shahar atrofiga, mahalliy yoki uzoq masofaga qatnaydigan poezdlarda 5 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolani chiptasiz olib yurish uchun BHMning 1/5 qismi miqdorida jarima belgilangan.
Jarima to‘lash yo‘lovchini chipta haqini to‘lashdan ozod qilmaydi.
Passajir poezdida chiptasiz yo‘lovchi aniqlansa, jarima bilan bir vaqtda undan o‘tirgan joyidan manzil stantsiyasiga yoki boshqa poezdga o‘tish punktigacha chiptaning to‘liq qiymati undiriladi. To‘lov belgilangan shakldagi kvitantsiya bilan rasmiylashtiriladi.
Agar chiptasiz yo‘lovchi poezddan tushishini bildirsa, u jarimadan tashqari o‘tirgan joyidan eng yaqin stantsiyagacha chiptaning to‘liq qiymatini to‘lashi kerak.
Shahar atrofiga qatnaydigan poezdda ham chiptasiz yo‘lovchidan jarima bilan birga chiptaning to‘liq qiymati undiriladi.
5 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bola bolalar chiptasisiz olib yurilgani aniqlansa, belgilangan jarimadan tashqari bolaning keyingi safarini davom ettirishi uchun bolalar chiptasi sotib olinishi kerak.