Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 164 marta o'qildi

Ijtimoiy xodim og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, parvarishga yoki alohida yordamga muhtoj fuqarolar bilan ishlaydi.


Ijtimoiy xodim quyidagi shaxslarga yordam ko‘rsatishga ko‘maklashadi:

  • parvarishga muhtoj yolg‘iz keksalar;

  • nogironligi bo‘lgan shaxslar;

  • og‘ir kasallikka chalingan fuqarolar;

  • uzoq muddat davolanishga muhtoj bolalar;

  • Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalar;

  • etim bolalar;

  • ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar;

  • to‘liq bo‘lmagan oilalarda tarbiyalanayotgan bolalar;

  • ota-onasi xorijga ketgan bolalar;

  • voyaga etmagan yolg‘iz onalar va otalar.

Ijtimoiy xizmat yoki yordamga ehtiyojingiz bo‘lsa, yashash joyingizdagi mahalla ijtimoiy xodimiga murojaat qilishingiz mumkin.

Ijtimoiy yordam turi fuqarolar va oilalarning holati o‘rganilgandan so‘ng, belgilangan mezonlar asosida aniqlanadi.

Chat