Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1813 marta o'qildi

Poezdlarda doimiy tarzda chiptalar nazorati amalga oshiriladi.

 

Quyidagi hollarda yo‘lovchi chiptasiz deb hisoblanadi:
  • chiptaning yo‘qligi;
  • chiptadagi ma’lumotlar, yo‘lovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatga mos kelmasa;
  • chiptaga tegishli o‘zgartirishlar kiritilsa;
  • imtiyozli chiptada, undan foydalanish huquqini beruvchi tegishli hujjatlarning yo‘qligi.

Agar chiptasiz yo‘lovchi yaqin stantsiyada tushish istagini bildirsa, u tomonidan jarima va o‘tirgan stantsiyasidan kelgan stantsiyasigacha bo‘lgan to‘liq to‘lov miqdorini to‘lashi lozim.

  • Agar chiptasiz yo‘lovchi yaqin stantsiyada tushish istagini bildirsa, u tomonidan jarima va o‘tirgan stantsiyasidan kelgan stantsiyasigacha bo‘lgan to‘liq to‘lov miqdorini to‘lashi lozim.
  • Shaharlararo qatnovchi poezdlarda chiptasiz ketayotgan yo‘lovchidan jarima to‘lanishi bilan birga belgilangan shakldagi kvitantsiya berilgan holda chiptaning to‘liq qiymati undiriladi.
  • Yo‘lovchi tashish poezdlaridan yo‘lovchilarni aholi punktlaridan yiroqda joylashgan stantsiyalarda chiqarib yuborishga yo‘l qo‘yilmaydi.
  • Yo‘lovchi tashish poezdida qalbaki yoki unga tegishli bo‘lmagan chipta bilan aniqlangan yo‘lovchi, ichki ishlar organlariga topshiriladi, bu haqda poezd brigadiri tomonidan dalolatnoma tuziladi.
Chat