Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 28897 marta o'qildi

Alohida yashovchi er-xotinni nikohdan ajratishni qayd etish ularning birgalikda bergan arizalariga asosan, ulardan birining doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi FHDYo organi tomonidan amalga oshiriladi.

  • Agar er-xotindan biri nikohdan ajralish to‘g‘risidagi arizani berish uchun FHDYo organiga kela olmasa, u holda er-xotin nomidan birgalikda yozilgan arizani ulardan biri topshirishi mumkin. Kela olmagan er yoki xotinning arizadagi imzosi notarial tartibda yoki FHDYo organi mudiri tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Arizada er-xotin ajralishga o‘zaro rozi ekanliklari, voyaga etmagan bolalari yo‘qligi, shuningdek ulardan biri nikohdan ajratish qayd etilishi belgilangan kunda FHDYo organiga kela olmasa, nikohdan ajratishning uning ishtirokisiz qayd etilishiga roziligi tasdiqlanadi.

Bunda FHDYo organlari tegishli organlardan voyaga etmagan farzandlari yo‘qligini tasdiqlovchi hujjatlarni so‘rashi mumkin.

Taqdim etiladigan hujjatlar:
  • Mulkiy nizolari hamda voyaga etmagan farzandlari (shu jumladan, farzandlikka olinganlari) bo‘lmagan er-xotinlarning nikohdan ajralish to‘g‘risidagi arizasi;
  • Shaxsini tasdiqlovchi hujjat – pasport;
  • Nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, MDH davlatlari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning nikohdan ajratish umumiy asoslarga ko‘ra qayd etiladi.

  • Xizmat uchun davlat boji qonunga muvofiq undiriladi.
  • Muddat: FHDYo organiga ariza bergan kundan keyin uch oy o‘tgach amalga oshiriladi
  • Natija: nikohning bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma.

FHDYo organlari haqida ma’lumot olish uchun quyidagi havolaga o‘ting.

Chat