Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 26454 marta o'qildi

Ariza qachon berilishi kerak?

NNTni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi ariza ta’sis s’ezdi, konferentsiya yoki umumiy yig‘ilish o‘tkazilgan kundan boshlab 2 oy ichida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi adliya organiga beriladi.

Jamoat birlashmalari uchun ariza berish muddati 1 oy.

Eslatma: belgilangan muddatdan kech hujjat topshirish davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish uchun asos bo‘lishi mumkin.

Asosiy hujjatlar nimalar?

Arizaga, asosan:

  • davlat tilidagi ustav, yuridik shaxs hisoblangan alohida bo‘linma uchun esa nizom — 2 nusxada;
  • uyushma yoki ittifoq uchun ta’sis shartnomasi;
  • NNTni tashkil etish haqidagi ta’sis s’ezdi, konferentsiya yoki umumiy yig‘ilish bayonnomasi yoxud ta’sischining qarori;
  • NNT pochta manzili sifatida foydalanadigan ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk yoki undan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat;
  • NNT tashabbuskorlari yoki ta’sischilari haqidagi ma’lumotlar ilova qilinadi.

Qachon qo‘shimcha hujjatlar talab qilinadi?

NNTning tashkiliy-huquqiy shakliga qarab qo‘shimcha hujjatlar ham talab etiladi.

Jumladan:

  • kasaba uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalari uchun tashabbuskor fuqarolar ro‘yxati;
  • jamoat fondlari uchun dastlabki mablag‘lar shakllanganini tasdiqlovchi bank hujjati;
  • vasiyatnoma asosida tashkil etilayotgan jamoat fondi uchun notarial tasdiqlangan vasiyatnoma nusxasi;
  • qayta tashkil etish natijasida tuzilayotgan NNT uchun qonunchilikda nazarda tutilgan qo‘shimcha hujjatlar taqdim etiladi.

Davlat boji qancha?

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun:

  • xalqaro NNT, shuningdek xalqaro va chet el NNT vakolatxonalari va filiallari uchun — 12,5 BHM;
  • respublika NNT uchun — 3 BHM;
  • hududiy NNT uchun — BHMning 50 foizi miqdorida davlat boji undiriladi.

NNTni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tegishli birlamchi davlat boji summasining 50 foizi to‘lanadi.

Chat