Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 12855 marta o'qildi

Bola o‘z huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish huquqiga ega.

Bolaning huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uning ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar), vasiylik va homiylik organi, prokuror va sud tomonidan amalga oshiriladi.

Voyaga etmagan bola qonunga muvofiq to‘la muomala layoqatiga ega deb e’tirof etilsa (emansipatsiya), u o‘z huquq va majburiyatlarini, shu jumladan himoya huquqini mustaqil amalga oshirishga haqlidir.

Bola ota-ona va ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan qilinadigan suiiste’molliklardan himoyalanish huquqiga ega.

Bolaning huquq va qonuniy manfaatlari buzilganda ularning himoya qilinishini so‘rab vasiylik va homiylik organiga, 14 yoshga to‘lgandan keyin esa, mustaqil ravishda sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Bolaning hayoti yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘ilganligidan, uning huquq va qonuniy manfaatlari buzilganligidan xabardor bo‘lgan shaxslar bu haqda bola ayni paytda yashab turgan joydagi vasiylik va homiylik organiga ma’lum qilishi shart. Shunday ma’lumotlarni olgach, vasiylik va homiylik organi bolaning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan zarur choralar ko‘rishi shart.

Huquqlar buzilganda:

Chat