Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 16605 marta o'qildi

Bolaga ism ota-onaning kelishuviga asosida, ota ismi otasining ismiga ko‘ra beriladi.

Bolaning familiyasi ota-onaning familiyasiga qarab belgilanadi. Ota-ona turli familiyalarda bo‘lganda ota-onaning kelishuviga binoan bolaga otasining yoki onasining familiyasi beriladi. Ota-onaning xohishiga ko‘ra, bolaga ota yoki ona tomonidan milliy an’analarga ko‘ra boboning ismi bo‘yicha familiya berilishi mumkin.

Ota-ona o‘rtasida bolaning ismi va (yoki) familiyasi bo‘yicha kelishuv bo‘lmaganda, kelib chiqqan nizo vasiylik va homiylik organi tomonidan hal etiladi.

16 yoshdan oshgan tibbiy muassasadan tashqarida va tibbiy yordamsiz tug‘ilgan bolaga nisbatan tibbiyot muassasasi tomonidan tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotnoma rasmiylashtirilmagan shaxslarning tug‘ilganligini qayd etish sudning hal qiluv qarori asosida amalga oshiriladi.

  • Agar bola 16 va undan katta yoshda bo‘lsa va unga nisbatan tibbiyot muassasasi tomonidan rasmiylashtirilgan tug‘ilganlik haqidagi tibbiy ma’lumotnoma mavjud bo‘lsa, uning tug‘ilishi ota-ona yoki ulardan biri va voyaga etgan bolaning arizasiga ko‘ra qayd etiladi.

 

Chat