Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 48507 marta o'qildi

Nikoh FHDYo organida ro‘yxatga olingan paytdan boshlab nikohni tuzganlar er-xotin deb hisoblanadilar va ular o‘rtasida er-xotinlik huquq va majburiyatlari vujudga keladi.

Er va xotin oilada teng huquqlardan foydalanadilar va ular teng majburiyatlarga egadirlar.

Nikoh tuzish vaqtida er va xotin o‘z xohishi bilan eri yoki xotinining familiyasini umumiy familiya qilib tanlaydi yoki ularning har biri nikohgacha bo‘lgan o‘z familiyasini saqlab qoladi.

Er va xotindan birining o‘z familiyasini o‘zgartirishi boshqasining ham familiyasi o‘zgarishiga olib kelmaydi.

Bolalar tarbiyasi va oilaviy turmushning boshqa masalalarini er va xotin birgalikda hal qiladilar.

Er va xotinning har biri mashg‘ulot turi, kasb va yashash joyini tanlashda erkindir.

Chat