Nikoh shartnomasi — nikohlanuvchi shaxslar yoki er-xotinning nikoh davridagi va nikoh bekor qilinganidan keyingi mulkiy huquq va majburiyatlarini belgilaydigan kelishuv.
Nikoh shartnomasi:
Nikohdan oldin tuzilgan shartnoma nikoh davlat ro‘yxatiga olingan kundan kuchga kiradi.
Muhim: nikoh shartnomasi yozma shaklda tuzilishi va notarial tasdiqlanishi shart. Uni notarial tasdiqlash, o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun davlat boji undirilmaydi.
Er-xotin:
Nikoh shartnomasi:
Shartnoma er-xotinning kelishuvi bilan istalgan vaqtda o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Bunday kelishuv ham yozma va notarial shaklda rasmiylashtiriladi.
Shartnomani bajarishdan bir tomonlama bosh tortish mumkin emas. Nizo mavjud bo‘lsa, shartnoma sud tartibida o‘zgartirilishi, bekor qilinishi yoki to‘liq yoxud qisman haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Er yoki xotin nikoh shartnomasini tuzgani, o‘zgartirgani yoki bekor qilgani haqida o‘z kreditorlarini xabardor qilishi shart.