Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 18344 marta o'qildi

  • Sud bolaning manfaatlarini hisobga olgan holda ota-onani ota-onalik huquqidan mahrum qilmay turib, bolani ota-onadan (ularning biridan) olish to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqarishi  mumkin.
  • Bolani ota-ona (ulardan biri) bilan qoldirish ota-onaga (ulardan biriga) bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra (ruhiyatning buzilishi yoki boshqa surunkali kasallik, og‘ir holatlarni boshdan kechirish va boshqalar) bola uchun xavfli bo‘lsa, ota-onalik huquqini cheklashga yo‘l qo‘yiladi.
  • Agar bolani ota-ona (ulardan biri) bilan qoldirish oqibatida ota-onaning xulq-atvori bola uchun xavf tug‘dirsa, ota-onani (ulardan birini) ota-onalik huquqidan mahrum qilish uchun esa etarli asoslar aniqlanmagan taqdirda ham ota-onalik huquqini cheklashga yo‘l qo‘yiladi.
  • Ota-onalik huquqini cheklash to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda sud ota-onadan (ularning biridan) bolaning ta’minoti uchun aliment undirish masalasini hal qiladi.

Ota-onalik huquqini cheklash oqibatlari
  • Ota-onalik huquqi cheklangan ota-ona bolani shaxsan tarbiyalash huquqidan, shuningdek bolali fuqarolar uchun qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar va nafaqalar olish huquqidan mahrum bo‘ladi.
  • Ota-onalik huquqining cheklanishi ota-onani bolaga ta’minot berish majburiyatidan ozod qilmaydi.
  • Bola turar joyga bo‘lgan mulk huquqini yoki turar joydan foydalanish huquqini saqlab qoladi, shuningdek ota-ona va boshqa qarindoshlari bilan tug‘ishganlik faktiga asoslangan mulkiy huquqlarini, shu jumladan, meros olish huquqini saqlab qoladi.
  • Ota-ona ikkalasining ota-onalik huquqi cheklangan taqdirda, bola vasiylik va homiylik organi qaramog‘iga olib beriladi.

Chat