Aliment miqdorini o‘zgartirish yoki aliment to‘lashdan ozod qilish
35791 marta o'qildi
Aliment miqdori sud tartibida belgilanganidan keyin taraflardan birining moddiy yoki oilaviy ahvoli o‘zgarsa, sud ulardan har birining talabiga ko‘ra alimentning belgilangan miqdorini o‘zgartirishga yoki aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsni aliment to‘lashdan ozod qilishga haqli.
Aliment miqdorini o‘zgartirishda yoki uni to‘lashdan ozod qilishda sud taraflarning e’tiborga loyiq boshqa manfaatlarini hisobga olishga haqli.