Ijro hujjatlarining alimentlar undirish haqidagi talablari darhol ijro etiladi.
- Ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun davlat ijrochisi tomonidan belgilangan muddatning o‘tganligi majburiy ijro etish choralarini qo‘llash uchun asos bo‘ladi.
Majburiy ijro etish choralari
- undiruvni qarzdorning pul mablag‘lariga va boshqa mol-mulkiga qaratish;
- undiruvni qarzdorning boshqa shaxslarda turgan pul mablag‘lariga va boshqa mol-mulkiga qaratish;
- undiruvni qarzdorning debitorlik qarziga, shu jumladan qarzdor undiruvchi sifatida ishtirok etayotgan ijro hujjati bo‘yicha unga tegishli bo‘lgan mablag‘larga qaratish;
- undiruvni qarzdorga tegishli bo‘lgan alohida mulkiy huquqlarga qaratish;
- undiruvni qarzdorning ish haqi, stipendiyasi, pensiyasi va boshqa turdagi daromadlariga qaratish;
- ijro hujjatida ko‘rsatilgan muayyan ashyolarni qarzdordan olib qo‘yish va undiruvchiga topshirish;
- ijro hujjatining ijro etilishini ta’minlovchi qonunlarga muvofiq ko‘riladigan boshqa choralar.
Majburiy ijro byurosiga murojaat qilish uchun quyidagi havolaga o‘ting.